





Bog'ot tumani 2-son umumiy o'rta ta'lim maktabida 2-sentabr "Bilimlar kuni" "Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz" shiori ostida Birinchi qo'ng'iroq tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida President tabrigi o'qib eshittirildi va birinchi sinf o'quvchilariga President sovg‘alari topshirildi. O‘quvchilar tomonidan o'qilgan she'rlar va kuy qo'shiqlar tadbirga yanada fayz kiritdi.




