Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Oltin qosh shaharchasi

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 6-05-2024, 09:24

9-MAY XOTIRA VA QADRLASH KUNI

«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!


Ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir.
9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi.
Nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash kasaba uyushmalarida  an’anaga aylangan. Yurtimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan vatandoshlarimiz xotirasini yot etish esa eng oliy vazifamizdir. Zero  “Inson aziz, xotira-muqaddas”dir.
Kirib kelayotgan qutlug‘ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni  munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaymiz!
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor ta’zim aylaymiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin aziz Vatandoshlar!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Oltin qosh shaharchasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot2-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июль 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031 

Yil dasturi

Maktab manzili