Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • Dars ishlanmalar
  • 6-05-2023, 11:46

Ochiq dars ishlanma

Ochiq dars​​​Ochiq dars ishlanmasi

Mavzu: Kondensatorlarni ketma ket va parallel ulash

 

Darsning maqsadi. O‘quvchilarga elektr sig‘imi hamda kondensatorlar

haqida tushuncha berish.Kondensator ulanishlari haqida ma’lumot berish

Dars turi:Yangi bilimlarni   rivojlantiruvchi

Darsda foydalaniladigan metodlar: «Fikriy hujum», «Zanjir» interfaol

metodlari

Tayanch so‘zlar: kondensator, kondensator qoplamalari, elektr

sig‘imi.Kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash.

Dars jihozlari: slayd, elektron darslik, Kondensatorlar o’quv filmi, kompyuter, proyektor,  kodoskop, turli xil kondensatorlar,tarqatma materiallar, masalalar to‘plami.

1. Tashkiliy qism −2 minut.

2. Uy vazifalarini so‘rash −8 minut.

3. Yangi mavzuning bayoni −20 minut.

4. Yangi mavzuni mustahkamlash −13 minut.

5. Uyga vazifalar berish −2 minut.

Darsning borishi

1. Tashkiliy qism. O‘qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy

vazifalarini so‘rash maqsadida foydalanadigan «Fikriy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo‘yadi.Salomlashish motivatsiya mashqlari o’tkaziladi.

2. Uy vazifalarini tekshirish. «Fikriy hujum» interfaol metodidan

foydalanishda o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

1) Faradeyning elektr maydon to‘g‘risidagi ta’limoti nimadan iborat?

2) Elektr maydon kuch chiziqlari haqida nimalarni bilasiz?

3) Elektr maydon kuchlanganligi deb nimaga aytiladi?

4) Kuchlanish deb nimaga aytiladi?

3.Yangi mavzuning bayoni: 

O‘qituvchi quyidagi asosiy tushunchalarga e’tibor berishi lozim:

−kondensator va uning vazifasi;

−kondensatorning tuzilishi;

−kondensatorning turlari;

−yassi kondensatorning elektr sig‘imi;

−kondensatorlarni ketma-ket va parallel ulash;

−kondensatorlardan foydalanish.

Qarama qarshi ishorada, teng miqdorda zaryadlangan ikki o’tkazgichda iborat to’plovchoi qurilmaga kondensator deyiladi.

Eng oddiy kondensator bir-biridan  havo qatlami bilan ajratilgan ikkita yassi plastinadan iborat.

 

Yassi Kondensator elektr sigimi formulasi: =  dan aniqlanadi.

    Elektrotexnikada ko'p miqdordagi elektr zaryadlarini bir joyda to'plash muhim ahamiyatga ega.

Elektr zaryadlarini to'plash uchun mo'ljallangan asbob kondensator deb ataladi.

Kondensator radio, televizor, magnitofon, kompyuter kabi elektrotexnik jihozlarning muliim elementi liisoblanadi.

Amalda o'tkazgichlari yassi shaklda bo'lgan konden- satorlar ko'p qo'llaniladi. Bunday kondensatorlar yassi kondensatorlar deyiladi. Yassi kondensator o'zaro parallel bo'lgan ikkita yassi o'tkazgichdan iborat. Bu yassi o'tkaz­gichlar kondensator qoplamalari deyiladi. Qoplamalar qarama-qarslii ishorali zaryadlar bilan zaryadlanadi (20- rasm).

Kondensatorning ikki qoplamasida teng miqdorda turli ishorali zaryadlar to'planadi.

Kondensatorni tavsiflaydigan asosiy fizik kattalik uning elektr sig'imidir. Xalqaro birliklar sistemasida elektr sig'imining birligi qilib, ingliz fizigi Maykl Faradey sharafiga farad (F) qabul qilingan. farad juda katta birlik bo'lgani uchun amalda uning ulushlari bo'lgan mikrofarad (|aF) va pikofarad (pF) ko'proq qo'llaniladi. Bunda: 106 μF; μF 106 pF; 1012 pF.

Yassi kondensator qoplamasining yuzasi S qancha katta bo'lsa, unda shuncha ko'p zaryadlarni to'plash imkoniyati bo'ladiBu demakki, yassi kondensatorning sig'imi qoplamalari yuzasiga to'g'ri proporsional, qoplamalari orasidagi masofaga teskari proporsionaldir, ya'ni:



 

    Kondensatorlar ketma-ket ulanganda umumiy elektr sig'imining teskari miqdori har bir kondensator sig'imining teskari miqdorlari yig'indisiga teng.

 

4.Darsni mustaxkamlash uchun savollar:

  •  Kondensatorning vazifasi nimadan iborat?
  • Kondensatorning elektr sig'imini qanday ifodalash mumkin?
  • Yassi kondensatorning sig'imi o'lchamlari orqali qanday ifodalanadi?
    • 21- va 22- rasmlarda tasvirlangan kondensatorlarning tuzilishini tushuntirib bering.
    • Kondensatorlarning qanday xillarini bilasiz?

 Dars jarayonida o‘quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so‘ngra o‘quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 15- mashqdan 2 ta masala yechiladi..

Shundan so‘ng quyidagi topshiriqlar asosida «Zanjir» interfaol metodidan foydalanib 5 minutlik mustaqil ish o‘tkaziladi:

1) Yassi kondensator sig‘imi formulasi =    dan va ni

topish ifodasini keltiring.

2) Kondensatorlarni ketma-ket ulash formulasi qanday ifodalanadi?

3) Kondensatorlarni parallel ulash formulasi qanday ifodalanadi?

4) Elektr sig‘imining birligini yozing?

5) 100 mkF necha faradga teng?

5. Uyga vazifalar.

1) Darslikdan 28- § ni o‘qish.

2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish.

3) 15- mashqning  3-, 4- va 6- masalalarini yechish. Qiziquvchi

o‘quvchilarga qo‘shimcha ravishda 7- masalani ham yechish tavsiya etiladi.

 

 FAYLNI YUKLAB OLISH [242,14 Kb] (cкачиваний: 67)



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot2-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili