
Yurtimizda bahorning eng nafis, eng go‘zal bayrami shukuhi hukmron. Shu munosabat bilan biz ham sohada mehnat qilayotgan xotin-qizlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, qalbimizdagi ezgu tilak hamda niyatlarimizni bildiriramiz.
Zotan, dunyodagi jamiki yaxlitlik va to‘kislik onalarimiz, opa-singillarimiz, qizlarimiz bilandir. Onalarning sokingina tebratgan beshigida ne-ne daholar ulg‘aymadi deysiz. Ularning allasi bilan inson olamni taniydi. Qalbiga ezgulik inadi. Ayol borki, xonadonlarimiz charog‘on, fayzli va mazmunli.
Yaxshiyamki dunyoda ayollar bor. Hayot ular bilan go‘zal, ular bilan mazmunli. Tasavvur qiling, agar bir kun volidangiz, ayolingiz uyda bo‘lmasa, qay ahvolga tushasiz? Go‘yo xonadoningizning fayzi qochgandek tuyuladi. Shunday emasmi? Binobarin, tabarruk zotning ko‘zida doim quvonch, yuzida tabassum bo‘lishi uchun biz, erkaklar ulardan shirin so‘zimizni, mehrimizni ayamasligimiz, umr bo‘yi asrab-avaylashimiz kerak.
Bugungi bahoriy bayram barchangizga muborak bo‘lsin! Go‘zallik, nafosat va oilaviy farovonlik sizlarni hech qachon tark etmasin.