
Assalom yangi yil
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
********************************
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!