
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar va aziz hamkasblar!
Sizni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklaymiz.
Ustoz degan sharafli nomga munosib bo‘lish, o‘qituvchi kasbini ulug‘lab, kelajak avlodni barkamol voyaga yetkazish ulug‘ saodat. Zero, ustoz-muallimning mehnati bilan davlat va jamiyat taraqqiy etadi, olam ezgulikka, ilm-ma’rifat, ziyoga chulg‘anadi.
Donishmand xalqimiz hamisha ustoz-muallimga o‘zgacha hurmat va e’tiborda bo‘lib keladi. Buni mutafakkir shoir Alisher Navoiyning quyidagi bayti ham tasdiqlaydi:
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.