Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi

blog
  • E'lon va tadbirlar
  • 28-03-2024, 23:57

Navro'z haqida

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.
Aylabon lutfu-karam, navro‘zi olam keldilar,
O‘smadan qoshi qalam, navro‘zi olam keldilar.
Bir ajib his uyg‘otib irmoqlarning xonishi,
Kuylashib savtu ajam, navro‘zi olam keldilar.
————
Hush kelding navruzim O’zbekistonga
Hush kurdik boychechak bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga
Anvorlar tashiydi toza yellaring…
Hamma yurtdoshlarni Navro’zi ayyom bilan tabriklayman!!!
Sizlarni aslo bahoriy kayfiyat tark etmasin!

Manzil

  • Xorazm viloyati, Bog'ot tumani Qoraqosh qishlogʼi mustaqillik mahallasi
  • +998 (93) 468-81-88
  • info@bogot2-m.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Май 2025    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Maktab manzili